27 iyu 09:44
Yangiliklar
Karate
Yaponiyalik mutasaddilar bilan yurtimizda karateni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Xabaringiz bor, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi yuritayotgan siyosatga ko'ra xalqaro aloqalarni mustahkamlashga alohida etibor qaratilgan.
Bu borada yurtimizdagi sport federaciyalariga ham tegishli topshiriqlar berilgan.
Hamkorlik aloqalari kuchaytirish, o'zaro do'stlik rishtalarini mustahkamlash yo'lida O'zbekiston karate Milliy federaciyasi rahbariyati Yaponiya xalqaro aloqalar agentligi (JIKA)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takasaka Muneo, shuningdek, ko'ngillilar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Kabidate Bunsei bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimizda karateni rivojlantirish yo'lida bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Undan tashqari, karate yo'nalishlarini Olimpiya bayrog'i ostida birlashtirish borasida kelishib olindi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar