So’nggi yangiliklar

11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0

08 jan 10:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Yaqin uch oyda o'zbek prof bokschilarini qanday janglar kutmoqda?

Yangi 2024 yilning dastlabki haftasi ham ortda qolmoqda.

Sportchilar uchun Olimpiada yili nomini olgan yilda yurtimiz professional bokschilarini muhim janglar kutib turibdi. Ular orasida chempionlik janglarining ham borligi barchamizni birdek xushnud etmoqda. 

Bugungi kunda yurtimizda "Favzul Munavvar", Buka Boxing, LIFT Promotion singari bir nechta promouterlik kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Bu kompaniyalar O'zbekistonda ko'plab boks kechalarini o'tkazib kelyapti. Tabiiyki, 2024 yilda ham bu anana davom etadi. SHuningdek, viloyatlarda ham professional boks turnirlari muntazam ravishda o'tkazilmoqda. 2023 yilda Sirdaryo, Navoiy, Andijon kabi viloyatlarda ana shunday boks oqshomlari tashkil etildi. 

Bundan tashqari, yuqorida takidlaganimizdek, 2024 yilda o'zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi chempionlik janglariga ham guvoh bo'lamiz. Otabek Xolmatov 2 mart kuni vakant bo'lib qolgan WBA kamari uchun amerikalik Raymon Fordga qarshi ringga ko'tariladi. CHempionlik jangiga AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahri mezbonlik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi 317 500 dollar evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini qo'lga kiritgan. 

SHahram G'iyosov 24 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi. SHu kuni unga meksikalik Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g'olibi WBA kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi. 

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan oqshomda navbatdagi janglarini o'tkazishadi. O'ta engil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (28-5-0) xitoylik Vulan Tuolexazi (15-5-2) bilan jang qiladi. Birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (10-2-0)ga esa yana bir Xitoy vakili Veyvey Liu (4-2-0) raqiblik qiladi. 

SHuningdek, Murodjon Ahmadaliev kamarlarini qaytarib olish 2024 yilning birinchi choragida ringga chiqadi. Bektemir Meliqo'ziev ham joriy yilda chempionlik kamari uchun jang o'tkazishi kerak.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing