05 jan 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Yaqinda operaciya bo'lgan Mokaev mart oyida jang qilishga tayyor
Britaniya sharafini himoya qiluvchi dog'istonlik sportchi Muhammad Mokaev mart oyida oktagonga qaytishga tayyor.
Avvalroq, Mokaev elkasidagi jarohat sabab operaciya qilinishi lozimligini aytgandi.
"Britaniyaga qaytmoqdaman. Tiklanishni boshlayman va 18 mart kuniga tayyor bo'laman. Men ushbu diviziondagi yigitlardan ko'ra ko'proq motivaciyaga ega. Divizion uchun muammo bo'ladigan sportchilar - Demitrius Jonson va Genri Sexudo. Ayni paytda esa alohida kimnidir ko'rmayapman", - deb yozdi Mokaev Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar