So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

29 okt 13:24
Yangiliklar

Boshqalar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida CHirchiq OPSTTMda hashar o'tkazildi, mahorat darslari tashkil etildi FOTOGALEREYA

Mamlakatimizda 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, 28-29 oktyabr kunlari Toshkent viloyati mahallalarida ham kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" va "Yangi O'zbekiston - yashil makonda birga yashaylik!" shiorlari ostida umummilliy hashar o'tkazilmoqda. 

Xususan, kecha 28 oktyabr kuni CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida markaz direktori Ravshan Gafurov boshchiligidagi ishchi-xodimlari ishtirokida hashar tashkil etilib, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. 

Mazkur "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" va "Yangi O'zbekiston-yashil makonda birga yashaylik!" shiorlari ostidagi hasharda markazning sobiq bituruvchilaridan - jahon chempioni, "Xanchjou-2022" Osiyo o'yinlari sovrindori Doston Yoqubov, "Jakarta-2018" Osiyo o'yinlari va jahon chempionati g'oliblari Adhamjon Ergashev, Muhammadqodir Toshtemirov hamda ikki karra Osiyo chempioni, "Xanchjou-2022" Osiyo o'yinlari g'olibi Artyom SHturbabinlar ham ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekishdi, obodonlashtirish ishlariga ko'maklashishdi. 

SHuningdek, markazning sportchi-o'quvchilari uchun ushbu nomdor sportchilar ishtirokida "Men qaxramonimga ergashaman" shiori ostida mahorat darslari o'tkazildi. O'zaro suhbat asosida o'tgan mahorat darslarida o'quvchilar qiziqtirgan savollariga munosib javob olishdi. Uchrashuv so'nggida chempion sportchilarga esdalik sovg'alari ulashildi. 

Ushbu jarayonlarda Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov ishtirok etdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing