27 iyu 19:43
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yaxshi tekkandi" - Guskov Ankalaev bilan jangdagi burilish nuqtasi haqida gapirdi
Yarim og'ir vazn toifasi (93 kg gacha) UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Bogdan Guskov UFC Fight Night 282 turnirida rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaevga qarshi kechgan jangi haqida gapirdi.
"Birinchi raundda u midl-kik bilan o'ng qo'limga aniq zarba berdi, natijada bu asab tomirlarimga tasir qildi. O'ng qo'lim butunlay ishdan chiqdi demaymanu, lekin xuddi tok urgandek bo'ldi, bu meni biroz dovdiratib qo'ydi. Bu narsa aksariyat hollarda asosiy qurolimni ishlatishga imkon bermadi. Ikkinchi raundda og'riq o'tib ketar deb umid qilgandim, ammo unday bo'lmadi", — deya takidladi Bogdan Guskov Namys Fighting YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : Namys Fighting YouTube
Fikrlar