31 avg 09:22
Yangiliklar

Yaxshi yangilik! Verdum - Emelyanenko revansh jangi tasdiqlandi
Bu haqida sobiq UFC va Bellator promoushenlari chempioni Vanderley Silva sho'ining Instagram sahifasida xabar berdi.
Malumotda aytilishicha, Emelyanenko - Verdum jangi 21 noyabr kuni boks afsonasi Mayk Taysonning ranchosi, yani dala hovlisida bo'lib o'tadi. Ushbu oqshom doirasida Tito Ortis - Rashad Evans, Vitor Belfort - Vanderley Silva juftliklari o'rtasidagi janglar ham o'tkaziladi.
Malumot uchun, 43 yoshli Verdum 2002 yildan beri MMA janglarida ishtirok etib kelmoqda. U so'nggi bor 2020 yilning iyul oyida Aleksander Gustafssonni mag'lubiyatga uchratgan edi. Uning hisobida 24 g'alaba, 9 mag'lubiyat va bitta durang bor.
43 yoshli Emelyanenko esa 2000 yildan to shu kungacha oktagonda. Uning so'nggi jangi 2019 yilning dekabr oyida amerikalik Kuinton Jeksonga qarshi bo'lib o'tgan. Rossiyalik faoliyati davomida 39 g'alaba, 6 mag'lubiyat qayd etgan. Yana bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
Fikrlar