01 jan 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Yilning dastlabki katta to'qnashuvi: Kempbell - Garsiya yuzma-yuz keldi (FOTO)
3 yanvar tongida AQSHda yilning dastlabki katta professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida 22 yoshli amerikalik bokschi Rayan Garsiya 33 yoshli britaniyalik Lyuk Kempbell bilan jang qiladi.
Bahs avvaliga 5 dekabrga mo'ljal qilingandi. Lekin, Kempbellda koronavirus aniqlangani uchun jang 3 yanvarga qoldirilgandi.
Kecha bokschilar jang oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi. Anjumandan keyin esa face-to-face marosimi tashkil etildi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar