02 dek 10:53
Yangiliklar
"Yirtqich" UFC bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin
Kelasi yil boshida Ngannu rasman erkin agentga aylanadi. Bu haqda "CHas MMA" dasturining navbatdagi sonida taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani malum qildi.
"Muzokaralar yaxshi ketayotgani va uning yakunlanish arafasida ekanini eshitdim. Frensis menejerlarni o'zgartirdi. Aytganimdek, rejamiz uni kelasi yilning mart oyida Jon Jons bilan jangini tashkil etish.
Frensis yangi shartnoma imzolashiga ishonchim komil. Tayson Fyuri bilan endi jang bo'lmaydi, bu aniq. Agar Fyuri CHisorani mag'lub etmasa va Ngannuga yana qo'ng'iroq qilmasa... Ammo menimcha, Fyuri jang qilishni istamaydi. SHuning uchun Frensis erkin agentga aylansa, o'zi uchun yaxshi bo'lmaydi", - dedi mutaxassis.
Avvalroq, Frensis Ngannu nima uchun Siril Gan bilan jangda imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmaganini aytgan edi.
Fikrlar