20 sen 20:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempioni Baxtiyor Asadov prof boksda debyut qildi (FOTO)
Xorazmda professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang kechasi doirasida yoshlar o'rtasida Jahon va Osiyo chempioni, iqtidorli bokschimiz Baxtiyor Asadov o'z debyut jangini o'tkazdi.
Mazkur jangda Asadovga boshqa bir hamyurtimiz Jafarbek Kamolov raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Baxtiyor Asadov 2-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, prof boksdagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi.
Malumot uchun, Baxtiyor Asadov 2022 yili yoshlar o'rtasida Osiyo va Jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar