26 iyu 17:31
Yangiliklar
Yulduzli UFC 280 turnirida oktagonga chiqish uchun davogarlar ortib boryapti, navbatdagisi ham asli dog'istonlik + FOTO
Bugun asli dog'istonlik, Britaniya fuqarosi hisoblangan Muhammad Mokaev amerikalik Brendon Royvelni UFC 280 doirasida, Abu-Dabida jang qilishga chorladi.
Eslatib o'tamiz, Mokaev so'nggi bor 24 iyul kuni CHarlz Jonson bilan jang qilgan edi. Uning statistikasi 8-0-0-1. Brendonning statistikasi esa 14-6.
Avvalroq, Umar Nurmagomedov oktyabr oyida jang qilmoqchiligini takidlagan edi. Qolaversa, hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov ushbu turnirda ishtirok etish niyatida bo'lsa, Mahmud Muradovning turnir kardidan o'rin olgani oydinlashib ulgurdi.
UFC 280 turnirining hozirgacha malum bo'lib ulgurgan janglari:
CHarlz Oliveyra : Islam Maxachev
Aljemeyn Sterling : Ti Jey Dillashou
Petr Yan : SHon O'Melli
Belal Muhammad : SHon Bredi
Benil Dariush : Mateush Gamrot
Marina Rodriges : Amanda Lemos
Zubayra Tuxugov : Lukas Almeyda.
Fikrlar