21 okt 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Yuner Dortikos Superseriyaning yarim finaliga chiqdi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Yuner Dortikos Butunjahon Superseriyasining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Kubalik bokschi chorak finalda Mateush Masternakkaga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar 116-112, 115-113, 115-113 hisobida Dortikosning g'alabasini taminlashdi.
Endi Yuner Dortikos Superseriyaning yarim finalida amerikalik Endryu Tabitiga qarshi jang o'tkazadi. O'tgan yili kubalik bokschi ushbu bosqichda rossiyalik Murat Gassievga nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar