16 noy 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Zabit Magomedsharipovga chempionlik jangi berilishi mumkin
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipovga 2021 yildagi biror turnirda chempionlik jangi berilishi mumkin.
Bu haqida sportchining menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"Zabitning keyingi jangi davogarlik jangi bo'ladi. Agar u bu jangni yutsa keyingisi chempionlik tituli uchun bo'ladi. Ammo, bu erda ko'p narsa amaldagi chempionga bog'liq bo'ladi",-dedi Rizvan Magomedov.
Eslatib o'tamiz bu vazn toifasida Aleksander Volkanovski chempion hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar