20 iyu 18:38
Yangiliklar
Zaynab Dayibekova: “Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalar bilan qaytishga harakat qilaman”
Tadbirdan so'ng, Tokio-2020 bahslarida qilichbozlikning sablya yo'nalishida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchimiz Zaynab Dayibekova olamsport.com saytiga musobaqa oldi fikrlarini bildirib o'tdi:
“Xudo xohlasa yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalar olib kelishga, medallar shodasi bilan qaytishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Raqiblarimning ko'pchiligi yoshi katta, o'ziga yarasha tajribaga ega sportchilar. Men eng yosh sportchilardan biri bo'lib O'zbekiston nomidan qatnashaman. Kichkinaman demasdan bor kuchim bilan kurashaman. Xudo xohlasa, o'zbekistonlik sportchilar qanday kuchga ega ekanligini, qilichlari qanaqa o'tkirligini dunyoga ko'rsatishga harakat qilaman", - dedi Zaynab Dayibekova.
Fikrlar