So’nggi yangiliklar

05:12Нурсултон Рўзибоев UFC'даги тўртинчи ғалабасига эришди 0 22:33Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га ютқазди 0 19:16Дана Уайт: "Жон Жонс 2025 йилда жанг қилади. 100 фоиз" 0 18:55Абдел-Азиз камар учун Оливейрадан ҳам муносиброқ жангчи ким эканини айтди 0 18:34"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи 0 18:13Илия Топурия: "Абдел-Азиз менга раҳмат айтиши керак" 0 17:52Конор Макгрегорнинг қайтаётгани ҳақиқатми? Дана Уайт жавоб берди 0 17:31Эдди Хирн Мэнни Пакьяонинг проф рингга қайтишини кескин танқид қилди 0 17:10Бугун Ҳусанов "Манчестер Сити" билан илк совринини қўлга киритиши мумкин. Кубок финали учун ПРЕВЬЮ 0 16:49Рим WTA 1000 турнири жуфтлик баҳсларида финалчилар маълум 0 16:28Нодирбек Абдусатторов ва яна уч гроссмейстеримиз Sharjah Masters турнирида иштирок этади 0 16:07Рақамланган UFC 318 турнири яна бир жанг билан бойиди + ПОСТЕР 0 15:46"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади 0 15:25Хасбик: "Эй, Топурия, сенга ростан ҳам камар керак бўлса, мен тайёрман" 0 15:04Тошкентда яна бир халқаро мусобақа старт олди 0

29 okt 17:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Ziyoviddin Toyg'onboev: “Bosh vazirning virtual qabulxonasiga yozmoqchiman”

Barcha davrlarda o'zbek boksi dunyoda o'z o'rniga ega bo'lib kelgan.

Yillar davomida zaminimizdan juda ko'plab jahon chempionlari, Olimpiada g'olib va sovrindorlarini etishib chiqdi. Hozirga kelib boks yurtimizda birinchi raqamli sport turiga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

CHunki Rio Olimpiadasidagi muvaffaqiyatlardan so'ng boksga qiziqish yanada kuchaydi. Albatta, bunday natijalar o'z-o'zidan kelayotgani yo'q. Avvalo, hukumatimiz tomonidan sportga berilayotgan etibor yutuqlarning asosiy omili bo'lib xizmat qilmoqda.

Qolaversa, mamlakat boks fedaraciyasi mutasaddilari va jonkuyar murabbiylari xizmatini ham alohida takidlab o'tish lozim. Viloyatlar orasida Andijon boks bo'yicha har doim etakchi bo'lib kelgan. Buning asl sababi – o'z ishining ustasi sanaladigan murabbiylarning mashaqqatli mehnati, desak yanglishmaymiz.

Darhaqiqat, endilikda Andijon boksi tarbiyalanuvchilari Olimpiada, jahon va Osiyo ringlarini zabt eta oldilar. Odatda, shunday zafarli onlarda sportchilar haqida ko'proq gapiriladi. Kadr ortidagi asosiy “aybdor” – murabbiylar esa, biroz soyada g'olib ketadi. Bugun biz ana shunday jonkuyar ustozlardan biri, uzoq yillardan beri yurtimiz boksiga ajoyib iqtidorlarni tarbiyalab berayotgan Ziyoyiddin Toyg'onboev bilan suhbatimizni etiboringizga havola etamiz.


“News Arena” malumotnomasi

Ziyoviddin Toyg'onboev – 1974 yil 15 sentyabrda Qirg'izistonning Jalolobod viloyati Ko'kyong'oq shahrida tavallud topgan. O'zbekiston chempioni. Profi-boksda O'zbekiston kamari sohibi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi.


– Ziyoviddin aka, kech bo'lsa-da, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi” unvonini qo'lga kiritganingiz bilan tahririyatimiz nomidan muborakbod etamiz!

– Etibor uchun katta rahmat. O'z o'rnida mehnatimizni munosib qadrlagan insonlarga ham minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

– Odatda, yangi avlod sizni murabbiy sifatida biladi. Boksdagi faoliyatingiz haqida ham biroz to'xtalib o'tsangiz?

– Boksga 12-13 yoshimda kirib kelganman. Dastlab uyda o'zim qum to'ldirilgan qoplarni urib yurardim. Keyinchalik adashmasam 1988 yil jahon chempionatini kuzatib, Andrey Kurnyavkaga juda havasim kelgandi. SHundan so'ng, jiddiy shug'ullanishga kirishganman.


– Natijalar qanday bo'lgan?

– Yanglishmasam, faoliyatim mobaynida 30-40 ta xalqaro turnirda g'olib va sovrindor bo'ldim. 1995 yil 63 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioni bo'ldim. Faoliyatim davomida uchta – -61, -63 va -66 kg vazn toifasida janglar olib bordim. Keyinchalik profi-boksga o'tdim va O'zbekistonning birinchi kamarini qo'lga kiritdim. Profida 1996-2000 yillarga qadar faoliyat olib bordim. Keyinchalik jarohat sabab sportchilik faoliyatimni yakunladim.

– O'sha paytlar vazn toifangiz etakchilari va asosiy ringdagi raqiblaringiz kim bo'lgan?

– Farhod Bakirov va Patiddin Qurbonovlar juda kuchli bokschilar edi.

– Profi – boksdagi kamarni qo'lga kiritish yo'lidagi raqibingizni eslab qolgandirsiz?

– Albatta, Eldor Nazarov bilan bo'lgan jangda g'alaba qozonib, ushbu kamarni qo'lga kiritganman.

– Keling, suhbat o'zanini murabbiylik faoliyatingizga bursak. Murabbiy sifatida bir qator chempionlarni etishtirib berganingiz barchaga malum, lekin aniq soni borasida esa malumotga ega emasmiz?

– O'n besh nafardan ortiq O'zbekiston chempionini tarbiyaladim. 2009 yil shogirdim Sanjar Rahmonov Osiyo chempioni bo'ldi va ushbu turnirda “Eng yaxshi bokschi” nominaciyasini ham qo'lga kiritdi. 2011 yil yana bir shogirdim SHuhrat Abdullaev Osiyo chempioni bo'ldi. Ukam Quvonch ham shogirdim hisoblanadi. Uning havaskor va profidagi natijalarini boks muxlislari yaxshi bilishadi, deb o'ylayman. Hasanboy Do'smatov haqida esa to'xtalib o'tishni lozim topmadim. CHunki uning natijalarini boksni tushunmagan inson ham bilsa kerak (kuladi).


– Sanjar Rahmonovning professionaldagi janglari haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsak?

– U ajoyib bokschi ekanligini ayta olaman. Nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Meyveyzer ham oddiy bokschi bilan shartnoma tuzgani anoyi emas-ku, to'g'rimi? Qolaversa, o'tkazayotgan janglaridan ham bilsangiz bo'ladi. Ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritmoqda.

– Har holda jangdan oldin maslahatlar so'rab tursa kerak?

– Albatta, fikrlarimni so'raydi. O'z tajribam darajasida maslahatlarimni ayamayman. Jangdan so'ng ham “Ustoz, g'alaba qozondim, barchasi uchun rahmat” deb minnatdorchilik bildirib turadi. Unga ham ulkan zafarlar tilayman. Promouteri Floyd kabi mag'lubiyat bilmasin!

– Hasanbooooy Do'stmatooooov...

– Nima demoqchi ekanligingizni tushundim. Unga ortiqcha tarif yo'q. Matbuotda juda ko'p yozildi.

– SHunday bo'lsayam, sizning malumotlaringiz muxlislar uchun qiziq.

– 7-sinfligida buvisi etaklab olib kelgan. Andijon Olimpiya zaxiralari kollejida ishlardim. Avval kikboksing bilan shug'ullangan ekan. O'shanda 28 kg edi. Kollejda kikboksing yo'qligi tufayli, boksda sinab ko'rganman. Uning xarakteri juda yoqqandi. Ko'zida o't bor edi. Kollejga qabul qilinmagan bo'lsa-da, masuliyatni bo'ynimga olib, rahbarlarni yaxshi bokschi chiqa olishiga ishontira olgandim. SHundan so'ng u bilan 6 oy ishladim va dastlabki urinishida viloyat chempionligini, keyin esa mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.


– Olimpiadadan avval ukangiz Quvonch bilan suhbatlashganimda, Hasanboy chempion bo'ladi, unga mos raqib er yuzida yo'q, deb aytgandi. Ukangiz ham tayyorgarlik jarayonining bir bo'lagi bo'lganmidi?

– Avvalo, Hasanboyga WSBda “Ukraina atamanlari” safida jang olib borganligi katta yordam berdi. CHunki vazn toifasidagi deyarli barcha raqiblari bilan uchrashib chiqdi. Ulardan bir bosh baland ekanligini ham isbotlay olgandi. Quvonch ham bokschi bo'lgan. Unda ham tajriba bor va kimning imkoniyati qanday ekanligini biladi. Qolaversa, fikringizga qo'shilaman. Mashg'ulotlar davomida kelib, kuzatib, ularga kerakli ko'rsatmalarni ham berib turadi.

– Siz-chi, siz ham ishongan edingizmi?

– SHogirdimga har doim ishonganman. Lekin ochig'ini aytaman, irlandiyalik bokschidan biroz cho'chigandim. U ham WSB da mag'lubiyatga uchramagandi. U bilan finalda to'qnash kelishiga 100 foiz ishongandim. Lekin taxminim to'g'ri bo'lib chiqmadi. Irlandiya vakili yarim finalga ham etib kela olmadi.

– Hasanboy intervyularining birida rossiyalik Vasiliy Egorov bilan kuch sinashish istagida ekanligini aytdi. Bu bokschi haqida qanday fikrdasiz?

– Rus bokschisi ham ajoyib harakatlanadi. Lekin uni Hasanboy yutgan. Undan kuchli, deb bemalol ayta olaman. Keling, ko'z tegmasin, uni ortiqcha maqtamaylik (kuladi).


– Mayli, unda biroz tanqid sifatida Olimpiada davomida qaysi jangda imkoniyati darajasidan pastroq harakat qilganini tahlil qilamiz.

– G'oliblar tanqid qilinmaydi, deyishadi-ku, to'g'rimi? Albatta hazil. O'rinli tanqid har doim kerak. Bu sportchi uchun zarur narsa. Olimpiada davomida barcha jang qiyin o'tdi. Osoni bo'lgani yo'q. Imkoniyati darajasidan past harakat qildi, deb ayta olishim ham mumkin va buning aksini ham. Hasanboyning bundan-da imkoniyati yuqori, deb ayta olman. SHuning uchun yanada yaxshiroq harakat qilishi mumkindek taassurot uyg'otadi. Lekin bu Olimpiada. Siz xohlagandek harakat qilishiga yo'l qo'yib bersa, unda bu shunchaki hazil tariqasidagi mashg'ulot, deb hisoblang. Etibor bering, hazil tariqasida... Mashg'ulotlarda ham sparring raqib bunga yo'l qo'ymaydi. SHunday bo'lsa-da, meksikalik raqibi Xoselito Velaskes bilan bo'lgan jang jiddiy ko'rinish oldi. U bilan WSB turnirida ham 5 raundlik jangda to'qnash kelgandi. Dastlabki ikki raund Hasanboy hisobiga, keyingi ikki raund esa, uning hisobiga yozilgandi. Hal qiluvchi raund oldidan tegishli ko'rsatmalarni berganimdan so'ng, o'ziga kelib, so'nggi raundni yaqqol ustunlik bilan o'tkazgandi. Olimpiadada ham Xoselito jiddiy qarshilik ko'rsata oldi.

– Qo'l ostingizdagi yoshlar orasida yangi Sanjaru Hasanboylar etishib chiqayotgan bo'lsa kerak. Keling, shu intervyumiz bo'lajak chempionlar haqida avvaldan fikr bildirilgan suhbatlardan biri bo'lib qolsin?

– Albatta, hozirda mahoratli yoshlar talaygina. Ular orasida alohida takidlab o'tish lozim bo'lsa, Sirojiddin To'laxo'jaev, Murodjon Inobiddinov va SHerzod Komilovlarni aytib o'tgan bo'lardim. Ular kelajakda albatta chempion bo'lishadi.

– Rio Olimpiadasidan so'ng, boks bilan shug'ullanishni istaydiganlar soni ortgan bo'lsa kerak?

– Albatta, sport zalimizga yoshlar hali-hanuz oqib kelmoqda. Barchasiga savol bersangiz, Hasanboydek bokschi bo'laman, deydi. Ko'zlari yonib turgan yoshlar juda ko'p.


– Qizlar boksi bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Bu borada biror narsa deya olmayman. CHunki, qizlar boksi rasman BO'SMga kiritilmagan.

– Qiziqishlar bordir?

– Albatta bor. Murabbiylar bilan asta-sekin maslahatlashib buni ham yo'lga qo'yamiz. Boshqa murabbiylarning ham fikri muhim, lekin niyatimiz bor.

– Avvallari Andijon boksi yurtimizda yaqqol peshqadam edi...

– Fikringizni tushundim. Bugun ham etakchilardan biri, albatta. Hozirda barcha erda sharoit bir xil. Boksning ommaviyligi yuqori, demak, boshqa hududlar ham qarab turgani yo'q. Malakali murabbiylar etishib chiqdi. Iqtidorlar ko'paydi. Bu o'zbek boksi rivoji uchun xizmat qiladi. SHuning uchun ham bokschilarimiz natijalar qayd etishyapti. Qachon ichki chempionat kuchli bo'lsa, shunda jahonda o'z so'zimizni ayta olamiz.

– Natijalarga boks federaciyasining faoliyati ham tasir o'tkazyapti, to'g'rimi?

– SHerzod Toshmatov boshchiligidagi federaciya rahbariyati sportchi va murabbiylarga ideal sharoitlarni yaratib beryapti. Olimpiadaga ham deyarli bir oy avval birinchi murabbiylari bilan birga sparring raqiblar uchun ikkinchi raqamli bokschilarni ham yuborishdi. Amalga oshirilayotgan ishlarni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi.

– Viloyatda katta musobaqalarni o'tkazishga qodir boks arenasi bormi?

– Afsuski, bunday imkoniyatga ega emasmiz. Ishonamanki, yaqin yillarda bu kamchilik ham bartaraf etiladi.

– O'zaro muloqotimizda O'zbekistonning fuqarolik pasportini ololmayotganligingiz haqida aytib o'tgandingiz. Bu boradagi muammo hal bo'ldimi?

– Bu borada oldinga siljishlar bo'lgani yo'q. Hozirda, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga yozish niyatida yuribman. Men shu yurtda o'qidim, faoliyat olib bordim. SHu erda yashayapman. Kamtarona bo'lsa-da, o'zbek boksiga hissamni qo'shib kelmoqdaman. O'zbekiston – mening vatanim. Bundan keyin ham bor imkoniyatim darajasida chempionlarni etishtirish istagidaman.


Ahmadbek Eshmatov tayyorladi, “News Arena” gazetasining 27-sonidan (2016 yil) olindi


Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 okt 15:40:28
M.Xodjaev
Зиятдинбекни нафақат мутахассис сифатида, уни мех,наткаш, камтарин инсон сифатида х,ам х,урмат қиламан. Оллох, насиб қилдирса Зиятдинбек х,али Узбекистонимиз учун куплаб буюк боксчиларни тарбиялаб, баланд чуққиларга олиб чиқади деб ишонаман.
   
30 okt 11:50:53
Муҳаммадзиё
Омадингизни берсин!
   
30 okt 10:51:29
Aslanbek
Узбекистон Республикасининг фахрий фукароси булишга лойик инсон
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing