07 jan 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

"Zubayra yoki etti xonali chek". Artyom Lobov oktagonga qaytishiga uni nima majbur qilishi mumkinligini aytdi
Sobiq UFC jangchisi Artyom Lobov katta sportga qaytishi uchun nima uni majbur qilishi mumkinligi haqida gapirdi.
Jangchi yaqindagina faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi.
"Menda juda ko'p takliflar bor. Ammo, men o'zimga so'z berganman. Qaytishim uchun faqat ikkita variant bor. Birinchisi - Zubayra Tuxugovga qarshi jang. Sportdan ketdimmi yoki yo'q, men shu jangni xohlayman. Ikkinchi variant esa etti xonali chek. Agar kimdir jang qilishim uchun million dollar beradigan bo'lsa, bu ko'p narsani o'zgartirib yuborishi mumkin. Qisqasi, ikkita yo'l bor: Zubayra yoki etti xonali chek", - deydi Artyom Lobov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar