So’nggi yangiliklar

00:02ЖЧ-2025. Азиза Зокирова венгриялик рақибасини муддатидан олдин таслим этди 0 23:15Хуморабону Мамажонова Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 19:24"Дэвис кубоги". Гонгконг — Ўзбекистон: иккала жамоанинг ўйин учун таркиблари маълум 0 19:03Тимур Кападзе: "Пенальтилар сериясига тайёрмиз" 0 18:42Абдумалик Халоков ЖЧдаги илк жангидан кейин: "Бу менга жавобгарлик юклайди" 0 18:21UFC ташкилотидан ҳайдалган Брайан Баттл PFL билан шартнома имзолади 0 18:00Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади 0 17:44Қозоғистон Жаҳон чемпионатидаги иккинчи йўқотишни қабул қилиб олди 0 17:23Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда 0 17:02Шон О’Мэллининг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 16:41Octagon 78 бошланмоқда. Марказий жангда ҳамюртимиз камар учун октагонга чиқади 0 16:20Миразизбек Мирзахалилов жаҳон чемпионатидаги биринчи жангини ўтказди 0 15:56Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими? 0 15:35Лукашенко Соболенкони US Open чемпионлиги билан табриклади 0 15:14Исроил Мадримов докторлик йўлидаги илк ҳимоядан ўтди 0

22 dek 22:01
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar

Azizbek G'anievni tabriklaymiz!

Bugun belbog'li kurash sport turi rivojiga, uning dunyo bo'ylab ommalishiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abdixalilovich G'aniev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Azizbek Abdixalilovich G'aniev 1985 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. 

O'zbek milliy sport turi - belbog'li kurashni dunyo bo'ylab ommalashtirishni maqsad qilgan Azizbek G'aniev 2021 yil Jahon belbog'li kurash associaciyasiga (JBKA) prezident etib saylandi. Jahon belbog'li kurash associaciyasi tashkil etilib, Azizbek Abduxalilovich ushbu xalqaro tashkilotga prezident etib tayinlangach, ochig'i belbog'li kurashga bo'lgan etibor yanayam kuchaydi.

Boisi, associaciya tashkil etilgandan keyin oradan hech qancha vaqt o'tmasdan, aniqrog'i 7-10 oktyabr kunlari aynan Azizbek G'anievning tashabbusi va homiyligida tarixda ilk bor Ukraina davlatining Lvov shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Evropa chempionati  o'tkazildi.

SHuningdek, Ukrainaning Lvov shahrida Ukraina  belbog'li kurashi bo'yicha ham jahon chempionati bo'lib o'tdi. SHu o'rinda takidlash joiz, ushbu chempionat ham Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'anievning bevosita ko'magi ostida o'tkazildi.   

Yana bir asosiy jihat, JBKA prezidenti Azizbek G'aniev say-harakati va tashabbusi bilan 2021 yil sentyabr oyida Evropa belbog'li kurash konfederaciyasi 2022 yil Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasini tashkil etildi. 

2022 yil aprel oyida Braziliyaning San-Paulu shahirda Pan-Amerika belbog'li kurash konfederaciyasini tuzishga erishilgan bo'lsa joriy yilda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasini tashkil etishga erishildi. 

SHuningdek, o'tgan yili Jizzax shahrida, shu yil Qo'qon shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionatini yuqori saviyada o'tishida o'z hissasini qo'shdi. 

Fursatdan foydalanib, saytimiz o'quvchilari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi kengashi va barcha murabbiylari hamda ko'p sonli belbog'li kurash muxlislari nomidan Azizbek Abdixalilovichni bugungi qutlug' sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing