So’nggi yangiliklar

19:40UFC Ўзбекистон ҳудудида расман трансляция қилиниши мумкин 0 19:19Шон О'Мэлли Плесси - Чимаев жанги учун тахмин билдирди 0 18:58"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради 0 18:37Усикнинг собиқ промоутери: "Александр фаолиятини тугатиши учун барча ишни қиламан" 0 18:16Шахматчиларимиз "Qonaev Cup 2025" турниридаги иштирокларини бошлашди 0 17:55Ўзбекистон бокс федерацияси Лазизбек Мулложонов билан боғлиқ вазият бўйича муносабат билдирди 0 17:34"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди 0 17:13Царукян Топуриянинг ҳаракати ва услубини масхара қилиб, Макгрегорни кўчирмачиликда айблади (ФОТО) 0 16:52Қозоғистон терма жамоаси аъзоси Аман Консбеков ўзбекистонлик боксчидан қабул қилиб олган мағлубиятини тан олмади 0 16:31Ўзбекистонлик ММА жангчиси Зубайра Тухугов билан жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 16:10Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби 0 15:4918 ёшли Мбоко фаолиятида илк бор WTA турнири 1/2 финалига чиқди 0 15:28Иноуэнинг собиқ рақиби Рамон Карденас Наоя ва Муроджон жанги ҳақида гапирди 0 15:07"Мен қилган хатони қилма". Царукян Чимаевга маслаҳат берди 0 14:46"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди 0

07 noy 10:53
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

1-6 noyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha (borba na poyasax) 15-17 yoshli o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati hamda kattalar o'rtasida jahon Kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Mazkur xalqaro musobaqalarda Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, yoshlar bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiy Usmon Mahamatov, murabbiylar Karim Ernazarov, kattalar terma jamoasi sifatida Toshkentboy Yaxshiboev hamda  belbog'li kurash bo'yicha terma jamoamiz azolari to'liq tarkib bilan ishtirok etishdi.

1-3 noyabr kunlari 26 davlatdan 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etgan jahon chempionati bahslarida polvonlarimizdan Feruza Sobirova (43 kg.), Quvonchbek Ermuhammedov (45 kg.), Yasmina Sodiqova (52 kg.), Samandar Soliev (55 kg.) oltin, Jo'rabek Mamadaliev (50 kg.), O'rolbek Sarabekov (71 kg.), Fotix Po'latov (77 kg.), Javohirbek Numonjonov (+95 kg.), Nilufar Isoqova (+70 kg.) kumush, Fozilbek Abdurahmatov (45 kg.), Asadbek Ikromov (60 kg.), Muhammadqodir Karimjonov (65 kg.), Quvonchbek Azimov (71 kg.),  SHodilbek SHodilbekov (85 kg.), SHoxruxbek SHodahmadov, Navro'zbek Mamayusupov (95 kg.), Diyorbek Yoqubov (+95 kg.), Arofatxon Muhamadova (48 kg.), Gavhar Abdusobirova (57 kg.), Ro'zixon G'anijonova (63 kg.), Mehriniso Karimova (70 kg.) bronza medalni qo'lga kiritishdi. 

Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, 4-5 noyabr kunlari erkaklar va ayollar o'rtasida jahon kubogi bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Ushbu jahon kubogi musobaqasida ham vakillarimiz munosib ishtirok etib, yakunda klassik yo'nalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lishsa, erkin yo'nalishda 1 ta kumush va 6 ta bronzaga ega chiqishdi. 

O'tkazilgan jahon chempionati va kubogida yurtdoshlarimizdan Miranshoh Ro'ziev, Elmurod Abdullaev, Jamshid Egamovlar hakamlik vazifasida ishlashdi.

SHuningdek, jahon kubogi doirasida Tatariston Respublikasi Sport vaziri Vladimir Leonov hamda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulovlar ishtirokida o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, yosh va umidli sportchilarni tayyorlashda ilmiy metodik, o'quv-yig'in mashg'ulotlar samaradorligini oshirish singari qator masalalarni muhokama qilishdi. 

Safar davomida Rustam Boboqulov Qozon shahridagi eshkak eshish sport turi bo'yicha markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bundan tashqari Rossiya federaciyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishildi. 

Kelishuvga ko'ra, shuningdek, jahon belbog'li kurash associaciyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi o'n kunligida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga tashrif buyuradi. 

Jahon kubogining tantanali ochilish marosimida jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'aniev  hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulovga sportni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun Tatariston Respublikasi sport vazirligi tomonidan ko'krak nishoni topshirildi. 

Takidlash joiz, 2019 yilda Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi sport vazirligi o'rtasidagi memorandum imzolangan edi. SHu bois, 3 noyabr kuni Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov terma jamoa tarkibidagi sakkiz nafar belbog'li kurash bo'yicha viloyat sportchilari bilan Tataristonga tashrif buyurgan. Musobaqalarda ishtirok etgan Toshkent viloyati sportchilaridan to'rt nafari medallarga ega bo'lishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing