So’nggi yangiliklar

01:43Фазлиддин Эркинбоев - Жаҳон чемпиони! 0 00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0

27 apr 18:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Bo'kalik sport faxriylariga ehtirom ko'rsatildi

Teglar :  Bo'ka
O'zbekiston sport faxriylari kengashining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida faxriylar va yoshlar bilan uchrashuv, shuningdek, ommaviy sport tadbiri bo'lib o'tdi.

Tuman aholisi orasida o'zining ko'p yillik fidoyi mehnati bilan nom qozongan Jo'ra ota To'raxonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, 30 nafar sport faxriylari, 100 nafardan ziyod tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Kun avvalida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi binosining oldida jam bo'lgan faxriylar maxsus avtobusda Bo'ka tumani tomon yo'l olishdi. Qayd etish joiz, safar davomida bo'kalik sport faxriylarining xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi, samimiy suhbat qurildi. 

SHuningdek, tuman aholisi bilan ham uchrashuv o'tkazildi. Unda ko'p yillik hayotiy tajribaga ega bo'lgan faxriylarimiz bugungi davrda yoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish bo'yicha qimmatli maslahatlarini berishdi. SHuningdek, 30 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar yuzasidan o'tadigan Referendumda faol qatnashib, mamlakatimiz kelajagi uchun befarq bo'lmaslikka chorlashdi.

Xotira turnirida Bo'kaning serg'ayrat yoshlari futbol bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish qilishdi. Yakunda g'olib bo'lgan jamoaga esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing