So’nggi yangiliklar

13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0 10:08Классикларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 2 та медалга эга чиқишди 0 09:47Чарльз Оливейра даҳшатли нокаутидан кейин қайтишга тайёр, эҳтимолий рақиб ҳам маълум 0 09:26"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади 0 09:05UFC турнири ўтказиладиган давлатлар сони 30 тага етди 0 08:44Нукусда Ўзбекистон ва Корея Республикаси ҳамкорлиги доирасида учрашув бўлиб ўтди 0 08:23Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреевани ярим финал остонасида тўхтатишди 0

10 sen 13:36
Yangiliklar

Kurash

Endi O'zbekiston kurash va belbog'li kurash federaciyalari birgalikda faoliyat olib boradi

Bu haqda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o'tildi.

SHu yil 26 iyul kuni O'zbekiston kurash federaciyasining navbatdan tashqari Kengash yig'ilishi o'tkazilgan va unda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining joriy yil 14-iyundagi murojaati o'rganib chiqilib, Kengash azolari bir ovozdan o'zbek xalqining bu yo'nalishdagi kurashini ham rivojlantirishda ikki federaciya birgalikda faoliyat olib borishiga kelishib olgandi.

Joriy yil 10-13-sentyabr kunlari Ruminiyaning Konstanta shahrida bo'lib o'tadigan kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir doirasida 10-sentyabr kuni kurash sportini dunyodagi nufuzini oshirish bo'yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda kurashimizning ikkinchi yo'nalishi bo'lgan Belbog'li kurashni ham dunyodagi o'rnini mustahkamlash bo'yicha Kongress bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Maqsad – kurash bilan elkama-elka belbog'li kurashni ham butun dunyoda ommalashtirishdan iborat.

Bu haqda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o'tildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Erkin Yuldashev ishtirok etdi va nutq so'zladi.

Maruzachi o'z so'zida azaldan o'zbek kurashining ikki yo'nalishi bo'lgani, bu haqda tarixiy manbalarda yozib qoldirilganini takidlab, endilikda kurashimizning har ikki yo'nalishi birgalikda rivojlantirilishini takidladi. SHu bilan bir qatorda, so'nggi yillarda belbog'li kurashchilarimiz o'z muvaffaqiyatlari bilan dunyo xalqlarini lol qoldirayotgani etirof etildi. Buning isboti sifatida ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan birinchi MDH o'yinlarida belbog'li kurashchilarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashganligini aytish mumkin.

Tadbirda MDH o'yinlarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan sportchilar hamda ularning murabbiylari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, tadbir doirasida mamlakatimizda kurash sport turini ommalashtirish va keng targ'ib etish yo'lida jonbozlik ko'rsatib kelayotgan bir guruh fidoyi insonlarga ham faxriy yorliqlar topshirildi.

MDH o'yinlarining g'olib va sovrindorlari:

-52 kg: Farangiz Abdunabieva (oltin),

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova (oltin),

-75 kg: Nusratbek Sultonboev (oltin),

-90 kg: Oybekjon Muhammadov (oltin),

-57 kg: Kamronbek Ortiqov (oltin),

-68 kg: Oybek Sultonov (oltin),

-82 kg: Muhammadjon Rasulov (oltin),

-48 kg: Mohigul Ibragimova (kumush),

-58 kg: Biybigauxar Polatbaeva (kumush),

-76 kg: Zemfira Azatova (kumush),

+76 kg: Munisaxon Nosirova (bronza).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing