So’nggi yangiliklar

22:40Ёзги Универсиада: Таэквондо терма жамоамиз аъзоси Марат Мавлонов кумуш медалга эга чиқди 0 20:00Таэквондочи Нажмиддин Қосимхожиев делегациямиз ҳисобига навбатдаги Универсиада медалини келтирди 0 19:15Даҳшат! Усикнинг даромади 22 баробар кўпайди. Александр ва Даниэль гонорар борасида рекорд ўрнатди 0 18:52Теннис маликаларимизнинг бари янгиланган WTA рейтингида "қулашди" 0 18:27Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик" 0 18:02Усик Дюбуага билан реваншдан кейинги режалари ҳақида гапирди 0 17:39ATP рейтинги янгиланди. Теннисчиларимизда аҳвол чатоқ, Топ-10`да иккита ўзгариш 0 17:16Хирн Фьюрининг гапларига муносабат билдирди: аввалроқ Тайсон Усикни икки марта енггани ҳақида гапирганди 0 16:52Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради 0 16:25Леннокс Льюис юртдоши Дюбуани нокаутга учратган Усикка мурожаат қилди 0 16:02Бугун Султонов Сеговиядаги юришини бошлайди 0 15:39Тайсон Фьюри Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўртасидаги эҳтимолий жанг ғолибини айтди 0 15:18Англия терма жамоасининг собиқ футболчисини ҳушсиз ҳолда топишди 0 14:53Усик: "38 ёш — бу фақат бошланиши" 0 14:26"Болакай бироз адашди". Маддалена Топуриянинг устидан кулди 0

10 jan 13:59
Yangiliklar

Futbol

"Futsal Awards-2021". Yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar orasida Bahodir Ahmedov ham bor

Futzal olamida nufuzli hisoblangan Futsalplanet.com xalqaro portali ananaviy tarzda yilning eng yaxshilarini aniqlab keladi.

SHu jumladan, 2021 yil laureatlarini aniqlash uchun nomzodlar ham elon qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi nominaciyasida nomzodlar 10 taligiga kiritildi. 

Futzalimiz tarixida faqatgina 2012 yilda afsonaviy darvozabonimiz Rustam Umarov yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun yakuniy nomzodlar 10ligidan joy olgan edi. O'zbekistonlik murabbiy tarixda ilk bor eng yaxshilar o'nligidan joy oldi.

Ushbu ro'yxatdan eng yaxshilarni maxsus xalqaro ekspertlar aniqlashadi.

"Futsalplanet Awards-2021"

Yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar:

Marian Berki (Slovakiya), Slovakiya terma jamoasi

Bahodir Ahmedov (O'zbekiston), O'zbekiston terma jamoasi

Bruno Garsiya (Ispaniya), Yaponiya terma jamoasi

Hisham Dguig (Marokash), Marokash terma jamoasi

Freddi Gonsalez Barrera (Venesuela), Venesuela terma jamoasi

Xorxe Gomes Braz (Portugaliya), Portugaliya terma jamoasi

Paulo Rikardo Kaka (Braziliya), Qozog'iston terma jamoasi

Ivo Krezo (Bosniya va Gercegovina), Bosniya va Gercegovina terma jamoasi

Matias Raul Lukuiks (Argentina), Argentina terma jamoasi

Muhammad Nazemasharieh (Eron), Eron terma jamoasi


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi Bahodir Ahmedov boshchiligida 2021 yil Litvada bo'lib o'tgan mundialning "A" guruhida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni band etib pley-offga yo'l olgan. Nimchorak finalda esa Eronga 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing