So’nggi yangiliklar

13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0 08:14Кроуфорд Альваресга қарши жангига 20 кун қолган пайтдаги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0

24 avg 20:45
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"ning mavsumdagi ilk rasmiy o'yini yakuniga etdi

Teglar :  HumoSariaka
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Kubogi doirasidagi ilk uchrashuvida muzga chiqdi.

Qozog'iston kubogi doirasidagi ushbu uchrashuvning to'liq vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. SHuningdek, overtaymda ham g'olib aniqlanmadi. Afsuski, penaltilar seriyasida omad mezbonlarga kulib boqdi.

Malumot uchun, "Humo" kubok doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni "Aktobe"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Qozog'istonda bo'lib o'tadi.

Mazkur sahifa orqali "qaldirg'ochlar"ning "Sariarka"ga qarshi bahsi tafsilotlaridan xabardor bo'lishingiz mumkin.

SAHIFANI YANGILASH

Smiryaginnnn. Birgina shayba kerak "Humo"ga. Yo'q, afsus g'alabani qo'ldan boy berdik.

"Humo"dan yana bir omadsiz penalti. "Sariarka"da ham.

Yo'q, ikkala jamoa ham to'rtinchi imkonlaridan foydalana olmadi. 1:1.

Hamyurtlarimiz uchinchi urinishidan foydalana olmadi. Mezbonlar ham.

"Humo" ikkinchi urinishdan foydalandi. "Sariarka" esa yo'q. Smiryaginnnnnn. 1:1.

Penaltilar seriyasi qozoqlar oldinda 1:0.

Overtaym o'z yakuniga etdi.

"Sariarka"da chetlatish. "Humo" bundan foydalanib qolishi kerak. 2 daqiqa bor.

Overtaymning ilk daqiqasidayoq mezbonlar vakilida yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi. Ammo foydalana olmadi.

Uchinchi bo'lim ham yakuniga etdi. Navbat Overtaymga.

SHAYBAAAA. 18-daqiqada 45-raqamdagi Anton Rehtin hisobni tenglashtirmoqdaaaa. 2:2.

Uchinchi bo'lim nisbatan sokin o'tmoqda. 12-daqiqa.

Ikkala jamoadan ham bir nafar xokkeychi chetlatildi. Nisbatan kichik ustunlik vakillarimizda.

Endi esa "Sariarka"da chetlatish.

Demak, uchinchi bo'lim start oldi. Va bo'lim boshidayoq "Humo"da chetlatish.

Ikkinchi bo'lim yakunlandi.

Ikkinchi bo'limning 17-daqiqasi. GOOOOOOOL. 71 raqamdagi Maksim Trunyov hisobni qisqartirmoqda. 2:1.

Muz saroyiga anchagina muxlis tashrif buyurganini takidlash joiz. Ikkinchi bo'lim yakunigacha 4 daqiqa qoldi. Kichik ustunlik qozoqlarda.

Smiryagindan super seyv.

Ana endi esa "Humo" xokkeychisi Aleksey Kirillov ikki daqiqaga chetlatildi. O'yinda ikkinchi  bo'limning 13-daqiqasi davom etmoqda.

Smirayaginga nisbatan fol ishlatildi. Mezbonlar ikki daqiqani bir kishi kam bo'lib o'tkazishadi.

Sal o'tmasdan "Humo"da golli vaziyat yuzaga keldi.

Ikkinchi bo'limning 5-daqiqasida "Sariarka" xokkeychisi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. O'yinda mezbonlar yaqqol ustunlik qilmoqda.

Evgeniy Popixin shogirdlari Qarag'andaning "Sariarka" klubi mehmoni bo'lishyapti. Hozirgina birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Anton Zlobinning 15-daqiqada kiritgan shaybasi hozircha "Sariarka"ga g'alaba keltirmoqda.

Malumot uchun, "Humo""A" guruhidan joy olgan bo'lib, kvartetning ikkinchi o'yini "Aktobe" va "Kulager" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.     


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing