So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

18 apr 10:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Ikki bokschimiz kamar uchun jang qilish maqsadida Vetnamga jo'nab ketdi + FOTO

Avval xabar berganimizdek, charm qo'lqop ustalarimiz Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov navbatdagi janglarini Vetnam davlatida o'tkazadi.

"Cocky Buffalo Promoutions" kompaniyasi 23 aprel kuni Vetnamning Xoshimin shahrida professional boks kechasini tashkil etadi. Mazkur oqshom doirasida promoushen bilan shartnomasi bor charm qo'lqop ustalarimiz Olimjon Nazarov (50,8 kg) hamda Abdurasul Ismoilov (61,2 kg) navbatdagi janglarini o'tkazadi.

Ismoilov (9-1, 5KO) filippinlik Arji Tokuero (13-5-3, 10KO)ga qarshi vakant bo'lib turgan WBO Oriental kamari uchun jang qiladi.

Nazarov (25-5 15KO) esa boshqa bir filippinlik bokschi Xerme Baloro (6-1, 4KO)ga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang hamyurtimizga tegishli WBO Oriental kamari uchun kechadi. O'ta engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Nazarov ayni paytda WBO reytingida 7-o'rinni egallab turibdi.

Malumot uchun, Olimjon Nazarov bundan avvalgi jangini o'tgan yilning 23 oktyabr kuni Janubiy Koreaning Seul shahrida filippinlik Maykl Mendoza (14-12-1-1, 4 KO)ga qarshi o'tkazgandi. O'shanda 12 raund to'liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan 115:113 hisobidagi g'alabani Nazarovga taqdim etishgan edi.

Biroz avval Nabijon Ismanov va Baxtiyor Mahkamov boshchiligidagi bokschilarimiz Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketishdi. U erdan delegaciyamiz Vetnam davlatiga etib boradi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing