So’nggi yangiliklar

07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0

01 apr 20:54
Yangiliklar

O'q otish

“Kalibr” uzoq masofalarga o'q otish klubi tashkil etildi

Ushbu klub O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O'zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan o'zaro hamkorlik memorandumiga asosan tasis etildi.

Kalibr klubi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi qoshida tashkil etilgan bo'lib, klubning asosiy maqsadi ov va uzoq masofalarga o'q otish sporti havaskorlari, O'zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, ilg'or tajriba almashish hamda respublika hududida uzoq masofalarga o'q otishni ommalashtirish hisoblanadi.

Ushbu klubning asosiy yo'nalishlaridan biri O'zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, jismoniy tarbiya va sport subektlari bilan uzoq masofalarga o'q otishni rivojlantirish bo'yicha hamkorlikda ishlarni olib borish hisoblanadi.

“Kalibr” uzoq masofalarga o'q otish klubi Nizomiga muvofiq, ushbu klubga faqatgina O'zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga azo bo'lgan (qurol olib yurishga haqli) fuqarolar qabul qilinadi.

Birlashma niqoblanish, joyga moslashish, orientirlanish, qiyin sharoitlarda yashovchanlik borasidagi o'z tajriba va ko'nikmalarini harbiy xizmatchilarga o'rgatish bo'yicha mahorat darslari o'tib borishi belgilangan.

SHu bilan birga, endilikda klub azolari, harbiy xizmatchilar ishtirokida qiyin sharoitlarga moslashgan holda uzoq masofalarga o'q otish bo'yicha musobaqalar o'tkazib borilishi rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing