So’nggi yangiliklar

14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0 13:41Хамзат Чимаев бу йил бошқа жанг ўтказмайди 0 13:20Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди 0 12:59Бразилиядаги UFC турнирида яна бир қизиқарли жанг гувоҳи бўламиз 0 12:38"Дю Плесси ниҳоят ёш ва чанқоқ жангчига қарши чиқди – натижани эса кўриб турибсиз" - UFC жангчиси 0 12:17Бокс бўйича амалдаги Украина чемпиони допинг сабаб 10 йилга четлатилди 0 11:56ЦСКА Файзуллаевнинг трансфер тўловини тасдиқлади 0 11:35Камару Усман ўрта вазнда ким Чимаевга қарши туриб бера олишини айтди 0 11:14Янгиланган UFC рейтингида Рамазон Темиров нечанчи ўринда? Асу Алмабаевчи? 0 10:53Собиқ UFC чемпиони Дейвесон Фигередонинг рақиби маълум 0 10:32Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 10:11Шахматчиларимиз U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида яна икки учрашув ўтказишди 0 09:50"Чучвара отмен". Чимаев танлаган рақибнинг жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

07 iyu 21:31
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Matonat maktabi bu - mahorat maktabidir!

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori elon qilindi.

Yodingizda bo'lsa yurtboshimiz o'tgan yili Tokio Paralimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etgan sportchilar bilan uchrashuv chog'ida Milliy paralimpiya qo'mitasi tarkibida “Matonat maktabi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surgandilar. 

Prezidentimiz o'z so'zlarida taqdir sinovlariga mardona bardosh berib, sabr-toqat va shukronalik ruhi bilan, hayotda munosib o'rnini topib, kerak bo'lsa Vatanimiz shanini ulug'lashda jasorat ko'rsatayotgan parasportchilar haqiqiy matonat va qahramonlik namunasi ekanligini takidlagandilar.

- Men Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni o'qib, juda xursand bo'ldim, - deydi O'zbekiston Paralimpiya qo'mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Muxtorxon Tashxodjaev. - Paralimpiyachilar uchun matonat maktabining tashkil etilishi dunyoning hech bir mamlakati paralimpiya tarixida qayd etilmagan. Avvalari ruhiy tushkunlik, nima qilishini bilmay yurgan imkoniyati cheklangan insonlar hayot tarzi qiyin kechgan bo'lsa, endilikda matonat maktabi vakillari o'z hayotiy tajribalari, bosib o'tgan yo'llari xaqida respublikamiz bo'ylab barcha mahallalar, talim muassasalari yoshlariga so'zlab berishyapti va shu yo'l bilan ularni hayotda o'z o'rinlarini topishga undayaptilar. Bu juda masuliyatli hamda sharafli vazifa. Ruhi tetik, baland iftixor, g'ururi bor yoshlarni kamol topishida ko'mak berish bu paralimpiyachilarga bildirilgan yurt otasining ishonchidir. Bir so'z bilan aytganda, matonat maktabi bu - mahorat maktabidir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing