So’nggi yangiliklar

15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0

10 may 21:14
Yangiliklar

Og'ir atletika

Mirhosil Mirzaboev jahon chempionatida 3 ta kumush medalni qo'lga kiritdi + FOTO

Greciyaning Iraklion shahrida 10 kun davom etgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqa erkaklar o'rtasida +109 kg vazn toifasi vakillarining chiqishlari bilan yakunlandi. Eng og'ir vazn toifasida yurtimiz sharafini Mirhosil Mirzaboev himoya qildi. Kutilganidek, har ikki mashqda ham oltin medal uchun hamyurtimizga eronlik Ali Rizo raqobatchi bo'ldi.

Dast ko'tarish mashqida Mirhosil Mirzaboev 176 kg natija bilan kichik kumush medalga sazovor bo'ldi. U dastlab 165 kg, ikkinchi urinishida esa 170 kg toshni osonlik bilan ko'tardi. So'nggi urinishda Mirzaboev biroz qiynalgan bo'lsa-da, 176 kg og'irlikni ham o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi.

Biroq, eronlik Ali Rizo 166, 171 va 177 kg og'irlikni zabt etdi va kichik oltin medalni qo'lga kiritdi. Mirhosil esa kumush bilan cheklanishga majbur bo'ldi.

Siltab ko'tarish mashqida dastlab 201 kg, 207 kg va 212kg toshni ko'tarishni uddalagan Mirhosil bahs yakunlanishidan oldin kamida kumush medalni naqd qilib qo'ydi.

Eronlik atlet birinchi urinishdayoq 215 kg natija qayd etib oltin egasiga aylandi, uchinchi urinishda 239 kg og'irlikni o'ziga bo'ysindirshan Ali Rizo yoshlar o'rtasida yangi jahon rekordini o'rnatdi. Turkmanistonlik Atajan Dayiev (208 kg) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ikkikurashda kutilganidek eronlik Ali Rizoda(416kg) oltin, Mirzosil 388 kg bilan kumush va dast ko'tarishdagi zahira evaziga ukrainalik Bohdan Tarnenko 374 kg bilan bronza medal sohibiga aylandi.

SHu tariqa, Mirhosil Mirzabaev terma jamoamizga so'nggi (3 ta kumush) medallarni taqdim etdi.

Yoshlar o'rtasida Jahon chempionati. Erkaklar +109 kg

1. Ali Rizo Yusuf (Eron) – 416 (177+239) kg

2. Mirhosil Mirzaboev (O'zbekiston) – 388 (176+212) kg

3. Bohdan Taranenko (Ukraina) – 374 (167+207) kg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing