So’nggi yangiliklar

16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 13:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр 0 12:56Фьюри 500 млн доллар эвазига UFC'да жанг қилишга тайёр 0 12:35Нима? Трамп ва Уайт Оқ уйда UFC турнирини ўтказишмоқчи 0 12:14TUF 33. Қозоғистонлик Алиби Идрис ҳамюртимиз Фурқатбек Ёқубовга қозоқ чопонини совға қилди (ВИДЕО) 0 11:53Элдор Шомуродовнинг янги жамоаси маълум қилинди 0 11:32Дунёнинг биринчи ракеткаси Уимблдон учинчи даврасида 0 11:11Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторовни ишлари чатоқ, Гукеш сўнгги 5 та учрашувда ғалаба қозонди 0

24 may 09:47
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionatining 1-kunidan FOTOREPORTAJ

Kecha poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.

Yunusobod tumanidagi "O'zbekiston" sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi Muhammad Jalud, Qurilish vaziri va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisi Botir Zokirov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va boshqa rasmiylar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasida -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini iqtidorli atletlarimizdan Og'abek Nafasov himoya qildi. Kutilganidek, har ikki mashqda ham oltin medal uchun hamyurtimizga qozog'istonlik Ablay Auelxanov raqobatchi bo'ldi. 

Dast ko'tarish mashqi birinchi urinishda Og'abekdan omad yuz o'girdi va 104 kg tosh ikkinchi urinishdagina atletimizga bo'ysundi. Qozog'istonlik Ablay uchinchi urinishda 108 toshni ko'tardi va Nafasov 109 kg natija qayd etsagina, raqibini ortda qoldirishi mumkin edi. Biroq Og'abekning uchinchi urinishi (109 kg) ham hakamlar tomonidan inobatga olinmadi va Nafasov kumush bilan cheklanishga majbur bo'ldi.

Siltab ko'tarish mashqida dastlab 126, keyin 129 kg toshni ko'tarishni uddalagan Og'abek uchinchi imkoniyatidan oldinoq kamida kumush medalni naqd qilib qo'ydi. Qozog'istonlik atlet birinchi urinishdayoq 132 kg natija qayd etgach, ekvadorlik Zurita Valexo Xose (127 kg) kuchli uchlikni yakunlab bergani aniq bo'ldi. Oltin medal uchun kurashda esa omad yana mehmon sportchiga kulib boqdi. Hamyurtimizga 133 kg tosh bo'ysunmagan bo'lsa, Ablay takroriy (uchinchi) urinishda 140 kg toshni ko'tara oldi. 

SHu tariqa, Og'abek Nafasov terma jamoamizga dastlabki (3 ta kumush) medallarni taqdim etdi.   

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing