So’nggi yangiliklar

18:34Иман Хелиф фаолиятини якунлагани ҳақидаги хабарларни рад этди 0 18:13Нурсултон Рўзибоев қачон жанг қилишини айтди 0 17:52АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди 0 17:31"Чеченистонга қарши Доғистон — бомба!". Собиқ чемпион Чимаев — Махачев жанги ғоясидан ҳайратда 0 17:10Бивол жамоаси вакили Дмитрийнинг навбатдаги рақиблари ҳақида гапирди 0 16:28"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди 0 16:07Шон Стрикленд ярим йилга жанглардан четлатилди 0 15:46Расман: Виржил Ортиснинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 15:25Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирдаги пешқадамлигини мустаҳкамлади 0 15:04АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" Топда 0 14:43The Ultimate Fighter 33 шоусида мағлуб бўлган қозоғистонлик жангчи UFC'га қўшилди 0 14:22Нурсултон Рўзибоев Брайан Баттлнинг UFC'дан ҳайдалишига қандай муносабат билдирди? 0 14:01Ўзбекистон фигурали учиш бўйича қишки Олимпиада саралаши учун қўшимча квотасидан фойдаланмади 0 13:40Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади 0 13:19Расман! ўзбекистонлик спортчи Octagon League чемпионлик камари учун жанг қилади 0

27 iyu 10:22
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek sportidagi talon-tarojliklar ortidan mutasaddilarga jiddiy topshiriq berildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o'tkazilayotgan tekshiruvlar yakunida bir qator sport federaciyalarida moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlanayotgani borasida xabarlar tarqalmoqda.

Kecha MOQda bunday noxush holatlarning sababini o'rganish va kelajakda ularning oldini olish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi, deya xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati. 

Unda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosarlari SHahrullo Mahmudov hamda Murod Ismoilov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov hamda SHerzod Tashmatov, shuningdek, federaciya va associaciyalarning rahbarlari, masul xodimlari, buxgalterlari va moliyaviy sarf-xarajatlarga javobgar mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda yuzaga kelayotgan bunday vaziyatlarning oldini olish, ularning kelib chiqish sabablarini o'rganish kun tartibidagi asosiy masala sifatida joy oldi. O'z navbatida, Vazirlik va Qo'mita mutasaddilari sportchilarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan keyin sohada uchrayotgan bunday ko'ngilsiz holatlar o'zbek sporti imijiga salbiy tasir o'tkazayotgani, barcha xodimlar o'z ishlarini vijdonan bajarishlari lozimligini alohida takidlashdi. SHuningdek, masullarga davlat byudjetidan yo'naltirilayotgan mablag'larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

Tadbir davomida davlatimizda qonun ustuvorligi, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi masullarga yana bir bor eslatilib, o'zbek sportini bunday illatlardan tozalash, yo'l qo'yilgan xatolardan xulosa chiqarib, uni takrorlamaslik zarurligi bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing