So’nggi yangiliklar

12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0

29 sen 07:12
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo WT jamoasida bosh murabbiy o'zgardi

Teglar :  TaekvondoPavel Xan
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini endi Pavel Xan boshqaradi.

Bu haqida associaciyaning Tokio-2020 yakunlari va yangi strategik rejalarga bag'ishlangan yig'ilishda malum qilindi.

Yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov, Sportning yakkakurash turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, shuningdek, associaciya mutasaddilari va murabbiylari ishtirok etishdi.

Dastavval associaciyaning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarigacha bo'lgan faoliyati sarhisob qilindi. SHerzod Tashmatov Olimpiada yakunidan keyin sportchilarning ishtiroki chuqur tahlil qilingani, shundan so'ng terma jamoada bosh murabbiy o'zgarganini malum qildi. Unga ko'ra, endilikda Pavel Xan bosh murabbiy, Aleksandr Kim esa maslahatchi trener sifatida faoliyat olib boradi.

Terma jamoaning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik strategiyasi bilan SHerzod Tashmatov hamda Pavel Xan aniq va tushunarli qilib gapirib berishdi. Unga ko'ra, ichki chempionat yakuniga etgach terma jamoa tarkibi yana bir bor shakllantirib olinadi va har bir Olimpiya vazn toifasida 2 nafardan sportchi tayyorlab boriladi. Ayollar jamoasiga esa janubiy koreyalik murabbiy jalb etilishi rejalashtirilayotgani aytildi.

Taqdimotda oldinda turgan kompleks musobaqalarga tayyorgarlikdan tashqari ushbu sport turi ommaviyligini yanada oshirish, jumladan, yurtimizda taekvondo bilan shug'ullanuvchilar sonini 25 ming nafardan ko'paytirish, viloyatlardagi moddiy-texnik bazani yaxshilash, xalqaro musobaqalar orqali nafaqat sportchi, balki murabbiy va hakamlarning ham saviyasini kuchaytirish bo'yicha rejalar muhokama qilindi.

Malumot uchun, Xan Pavel Afanasevich 1984 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Taekvondo bo'yicha O'zbekistonning ilk Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitovning murabbiyi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing