So’nggi yangiliklar

17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0 14:23"Деярли ҳар куни йиғлардим" 0 14:02Биволнинг менежери: "Бетербиев билан трилогия 2026 йилга қолдирилиши мумкин" 0 13:41Сергей Фомин Кесселдаги иштирокини бошлади 0 13:20Таэквондо терма жамоамиз аралаш жамоавий жуфтликда Жаҳон кубоги ғолибига айланди 0 12:59“Реал“ самолёти бўрон туфайли Нюарк аэропортига узоқ вақт қўнолмади 0 12:38Шахматчи қизларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқичига йўл олишди 0 12:17Илия Топурия: "Оливейра Царукянни бир неча маротаба финиш қилиши мумкин эди" 0

31 avg 14:22
Yangiliklar

Tokio-2020

Paralimpiya o'yinlari. O'zbekiston delegaciyasi ichida bugungi vaziyat qanday?

Teglar :  Paralimpiya
Tokio shahrida Paralimpiya o'yinlari davom etmoqda.

Ammo, bugungi kunga kelib natijalar kutilganidan pastroq kechmoqda. Olamsport.com sayti muxbiri delegaciyamizdagi vaziyat yuzasidan O'zbekiston Paralimpiya qo'mitasi matbuot xizmati vakili Malika Murodova bilan suhbatlashdi.

"Xabaringiz bor, shu kunlarda Yaponiyaning Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston paralimpiya terma jamoasining 48 nafar azosi 55 yo'llanma bilan o'z ishtirokini davom ettirishi kerak edi. 

Lekin ayrim vaziyatlar sabab 3 nafar dzyudochimiz, engil  atletika va suzish  turlaridagi etakchi atletlarimiz afsuski musobaqalarda qatnasha olmadi. SHu sabab kutilgan natijalar teng barobar pastlab ketdi.

Dastlab Narita aeroportida delegaciya azolari PZR-test sinovlaridan o'tkazilganda para dzyudochi Vasila Aliboeva hamda murabbiy SHamsiddin Saidovda musbat ko'rsatkich aniqlanib, ular karantinga olindi. O'yinlar tashkiliy qo'mitasi shartlariga ko'ra, ular bilan kelgan va yon atrofida o'tirgan jamoa azolarining 22 nafari  ehtiyot chorasi sifatida izolyaciyaga olindi. SHuningdek  2 nafar sportchimiz para engil atletikachi Bekjon CHevarov mashg'ulot vaqtida oyog'idan jiddiy jarohat oldi, para suzuvchi Dmitriy Xorlinda yurak xastaligi aniqlandi. SHifokorlar ikkala sportchining  ham musobaqada ishtirok etishini taqiqlashdi.

Vaziyat murakkab, tashkilotchilar tomonidan qatiy nazoratga olingan. Tokio hukumati tomonidan ajratilgan masul xodim izolyaciyadagilarini muntazam kuzatib bormoqda. Bu holat oson kechayotgani yo'q.

Delegaciyaning medallar borasida rejalashtirgan va g'oliblikka asosiy davogar sifatida ko'rilgan atletlarning aksariyati bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda, bor imkoniyatlaridan unumli foydalana olishmayapti.

Muxlislardan ana shunday murakkab vaziyatda ham matonat ko'rsatayotgan terma jamoamiz azolarini qo'llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz.

Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalar yor bo'lsin! Olg'a O'zbekiston!", - dedi Malika Murodova ushbu vaziyatga izoh bildirar ekan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
31 avg 15:09:36
Bulent
келиб келиб дунё рекордчиси учта тўртта йуналишда ғолибликка асосий давогар сузувчи Амилова ва фаворит енгил атлетикачимизни карантинга олингани ғалати худди атай кигандек
   
31 avg 21:04:22
Abdu'ani Abdulloh
Tokiyoda bu yil shubhali ishlar ko'p bo'lyapti!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing