So’nggi yangiliklar

13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0

30 sen 07:01
Yangiliklar

Tokio-2020, Osiyo o'yinlari

Prezident Qarori – Osiyo va Parij Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik uchun dasturil amal

Tokio-2020 yakunlari, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik mavzusiga bag'ishlangan yig'ilishlar davom etadi.

Kuni kecha O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining taqdimoti tinglandi.

Tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Kozim O'rinboyxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi mutasaddilari, Sportning qishki va murakkab turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi vakillari qatnashdilar.

Dastavval velosportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtiroki, tayyorgarlik davri, sport ommaviyligi muhokama qilindi. Qayd etish joiz, 2019 yil Toshkentda o'tgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati ushbu sport ommaviyligi yo'lida katta turtki bo'ldi. U orqali delegaciyamiz Olimpiya o'yinlariga 2 ta licenziya olish barobarida, qator medallarni ham qo'lga kiritdi.

Ommaviylikning ortishi va boshqa yutuqlar qatori mavjud muammolar ham muhokama markazida bo'ldi. Unda bazi viloyatlarda bo'limlarning ochilmagani, ayrimlarida moddiy texnik baza talab darajasida emasligi takidlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

Qayd etish joiz, kuni kecha ushbu sport turini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori elon qilindi. Ushbu hujjatda mamlakatimizda velosiped sport turini ommalashtirish, uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish, professional klublar tashkil etish, yurtimizda ko'plab xalqaro turnirlar o'tkazish va boshqa ko'plab kerakli yo'nalishlar ko'rsatib o'tilgan. Taqdimotda ham federaciya mutasaddilari Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorlanishda ushbu Qarorda ko'rsatib o'tilgan yo'nalish bilan ish olib borilishini alohida takidladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing