So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

17 apr 16:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Qudratilloning vaznida birlashtiruvchi chempionlik jangi bo'lib o'tdi + FOTO

Bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHning Texas shtati Arlington shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.

Premier Boxing Champions oqshomining markaziy jangi yarim o'rta vazn ( 66,678 kg) toifasida o'tkazilib, birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'ldi. WBC va IBF yo'nalishlari chempioni, amerikalik Errol Spens (28-0, 22 KO) kubalik WBA Super kamari sohibi Yordenis Ugas (27-5, 12 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.

O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Errol Spens 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarlarini uchtaga etkazib oldi. O'sha vaziyatga kelib, Ugasning o'ng ko'zi ko'rmay qolgandi. SHifokor jarohatni ko'zdan kechirib, referi Lourens Koulga jangni to'xtatish haqida tavsiya berdi. 

SHu tariqa, 32 yoshli Spens o'z vazn toifasidagi uchta kamarni o'z qo'lida birlashtirdi. U bugun 2017 yildan beri o'zida saqlab kelayotgan IBF kamarini oltinchi, 2019 yilda ega chiqqan WBC kamarini ikkinchi bor himoya qildi. 

Errol mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kam sonli chempionlardan biri bo'lib qolmoqda. Amerikalik charm qo'lqop ustasi 28 ta jangda g'alaba qozongan, hisobida 22 ta nokaut bor. 

Malumot uchun, jang to'xtatilguniga qadar Spens 88:82, 88:82, 88:83 hisoblarida g'alaba qozonayotgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 apr 12:29:17
baksyor
Crouford bilan jangi zur bulardi lekin spins qochsa kerak jangdan
   
18 apr 00:11:49
Ихтиёр83
Шахрам енгади буни хали
   
17 apr 23:58:17
Sheraly Gofurov
Crouford toxtatadi buni
   
17 apr 22:37:15
CHELSEA2211
Xaqli...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing