So’nggi yangiliklar

12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0

01 okt 10:20
Yangiliklar

Taekvondo

Ulug'bek Rashitov nukuslik yoshlarga mahorat saboqlari o'tkazdi

O'zbekistonning eng yosh Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitov ayni paytda Respublikamiz bo'ylab yoshlar bilan turli uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Bu gal u Qoraqalpog'istonda bo'ldi. 

19 yoshli taekvondochimiz Nukus xalqaro aeroportida keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi. SHundan so'ng u va qoraqalpoq yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda Rashitov sportga qanday kirib kelgani, Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizning o'zlarini ko'rsatishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, orzulari haqida gapirib o'tdi.

“Taekvondodan voz kechib, futbolga borishni istagan paytlarim bo'lgan, chunki, boshlang'ich pallada sezilarli yutuqlarga erisholmaganman. Lekin murabbiy meni har bir mag'lubiyatim saboq ekanini aytib, qo'yib yubormadi, qo'llab-quvvatladi, rag'batlantirdi. SHuning uchun men shu yo'nalishda qolishga qaror qildim va bundan afsuslanmadim”, – dedi Ulug'bek Rashitov.

SHundan keyin chempionimiz yosh taekvondo ustalariga unutilmas mahorat saboqlarini ko'rsatib berdi. SHubhasiz, bunday tadbir qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun unutilmas va quvonchli voqea bo'lib qoladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing