So’nggi yangiliklar

10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0

27 sen 10:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Volkanovski UFC engil vazn chempionligini ham ko'zlamoqda

Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Kecha u besh raund to'liq davom etgan dramatik jangda Brayan Ortegani ochkolar hisobiga kzra mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Men jangni muddatidan avval yakunlashim haqida aytgandim. Bunga juda yaqin ham keldim. Muxlislar haqiqiy urushga guvoh bo'lishdi. Tomoshabinlarbop jang tashkil etib berganimizdan xursand bo'ldim", - deydi avstraliyalik chempion UFC 266 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

CHempion o'z so'zida davom etar ekan, kamarini boy berib qo'yishiga bir bahya qolganiga ham urg'u qaratdi:

"Ortega meni shunchalik qattiq bo'g'ib olgandiki, o'sha payt 'Jin ursin, hozir kamarimni boy beraman" deb ham o'ylay boshladim. O'zimdan g'alati ovozlar chiqayotganini eshitib turardim. Bu dahshatning o'zginasi edi". 

Aleks keyingi raqibi sifatida kimni ko'rish istagida ekanini ham malum qildi:

"Maks Xollouey va Yair Rodriges o'rtasida o'tkaziladigan jang g'olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchiman. Ular noyabrda o'zaro to'qnash kelishadi. Keyin engil vazn UFC chempioniga ham chaqiruv bilan chiqmoqchiman. Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi epidemiologik vaziyat tufayli oilam va jamoam bilan Las-Vegasda qolaman", - deya so'ziga yakun yasagan Volkanovski. 

Eslatib o'tamiz, engil vazn toifasida CHarlz Oliveyra UFC chempioni bo'lib turibdi. Oliveyra 11 dekabr kuni Dastin Porega qarshi jangda kamarini himoya qilishi kerak. UFC 269 turniri Las-Vegasda o'tkaziladi. Oliveyra - Pore jangi oqshomning markaziy to'qnashuvi bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
27 sen 21:40:32
Mironsho Jabborov
Alexni kechagi jangidan keyin 70kgdayam luboy top 5ga katta muammo tugdirishiga ishonamam
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing