So’nggi yangiliklar

09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0

28 sen 13:12
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keladi

Teglar :  Paralimpiya
Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Endryu Parsons rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga kelmoqda.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining yurtimizda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ular o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, jahon maydonlarida Vatanimizning shanini munosib himoya qiladigan matonatli sportchilarni tayyorlash borasidagi keng ko'lamli sayi-harakatlar bilan bir qatorda xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar qo'mitaning xalqaro maydondagi obro'-etibori yuksilishiga xizmat qilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 29 sentyabr - 2 oktyabr kunlari Xalqaro paralimpiya qo'mitasi(IPC) prezidenti Endryu Parsons O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo'ladi.

2017 yildan beri IPC prezidentligini bajarib kelayotgan braziliyalik Parsons janoblarining O'zbekistonga ilk bor bo'ladigan tarixiy rasmiy tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlar, qisqa fursatda bunyod etilgan sport va madaniyat majmualari, mehmonxonalar hamda yaratilayotgan infratuzilmalar yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish belgilangan.

30 sentyabr kuni Xalqaro paralimpiya qo'mitasi(IPC) prezidenti Endryu Parsons ishtirokida Toshkentda «Yangi O'zbekistonda – Paralimpiya xarakatini  rivojlantirish» mavzusida kengaytirilgan konferenciya o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

Tashrif Dasturining asosiy mavzularidan yana biri Xalkaro paralimpiya qo'mitasi prezidenti Endryu Parsons bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi M.Tashxodjaevning  mamlakatimizda paralimpiya sport turlari bo'yicha nufuzli musobaqalar o'tkazish hamda Xalqaro paralimpiya qo'mitasi bilan O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining hamkorlik masalalari borasida rasmiy uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan.

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing