So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

15 apr 08:20
Yangiliklar

Tennis

Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Toshkentda FOTOREPORTAJ

Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggerti respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida bo'ldi.

Martabali mehmonni 15 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggertini qabul qildi. Uchrashuvda tennisni mamlakatimizda yanada rivojlantirish, yirik xalqaro musobaqalar o'tkazish, tennis taraqqiy etgan horijiy davlatlarda mutaxassis va hakamlarimizning malakasini oshirish uchun Xalqaro federaciya grantlarini ajratish, ularni ATP va WTA turnirlariga ko'proq jalb qilish, o'zbekistonlik tennis mutasaddilarini xalqaro tashkilot boshqaruvidagi nufuzli bo'limlarda faoliyat olib borishini taminlash singari masalalar muhokama qilindi.

SHundan so'ng, Devid Xaggerti O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Qayd etish joiz, bu Xaggerti janoblarining mamlakatimizga amalga oshirgan ilk tashrifi hisoblanadi. SHunday bo'lsa ham martabali mehmon yurtimizga qilgan o'z safaridan katta taassurot olayotganiga alohida to'xtaldi.

Milliy Olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati Devid Xaggerti bilan o'zbek tennis maktabining xalqaro arenadagi mavqeyini yanada mustahkamlash bo'yicha o'zaro fikr almashdi. SHuningdek, mazkur tadbirda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov va O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To'laganova ham qatnashdi.

MOQdagi tashrif yakunlangach, mehmon poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabiga yo'l oldi. U erda Devid Xaggerti yosh sportchilarning mashg'ulotini kuzatib, ularga o'zining qimmatli maslahatlarini berdi va esdalik uchun suratga tushdi. SHundan so'ng, ishchi guruh martabali mehmonni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga taklif qildi. U erda Xaggerti janoblari o'zbek xalqi madaniyati va tarixi, davlatchiligimizning rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizga yuqori darajadagi bunday mutaxassislarning tashrifi Prezidentimiz tomonidan sport sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlarning xalqaro maydonda tan olinayotganidan dalolat berishi shubhasiz.

Curatlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing