So’nggi yangiliklar

01:43Фазлиддин Эркинбоев - Жаҳон чемпиони! 0 00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0

27 apr 17:30
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xanchjou Osiyo o'yinlari tarixidagi eng yaxshi musobaqani o'tkazishga bel bog'lagan

Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lajak Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan delegaciyalar rahbarlari uchun seminar bo'lib o'tdi.

Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi departament direktorlari Kamoliddin Ergashev hamda Mirjalol Saydullaevlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida tashkiliy qo'mita vakillari tomonidan musobaqani o'tkazish bo'yicha so'nggi talablar, delegaciyalarni kutib olish va kuzatish, transport-logistika yo'nalishlari, ishtirokchi davlatlarga yaratiladigan sharoitlar, COVID-19 infekciyasiga qarshi kurashish yuzasidan talablar bo'yicha batafsil tushuntirish berildi. 

Malum qilinishicha, Ochilish marosimida har bir mamlakatdan bir nafardan erkak va ayol sportchi bayroqdor bo'ladi. Gender tenglikni taminlash bo'yicha katta kompleks musobaqalarda qo'llanilayotgan ushbu amaliyot o'yinlarning ajralmas qismidan biriga aylanib ulgurdi. Seminar davomida Xanchjoudan tashqari bellashuvlarga mezbonlik qiladigan yana 5 ta shahar infratuzilmasi bo'yicha ham malumot taqdim qilindi. 

Tashkiliy qo'mitaning malum qilishicha, 27 iyul kuni jamoaviy sport turlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Seminardan so'ng bellashuvlar o'tkaziladigan sport obektlari va Olimpiya shaharchasi, delegaciya rahbarlari, OAV xodimlari istiqomat qiladigan mehmonxonalar bo'ylab ekskursiya o'tkazildi. 

Qayd etish joiz, tashkiliy qo'mita tomonidan barcha yo'nalishlarga alo darajada etibor qaratilgan. Sportchilarning yotoqxonalari, mashg'ulot va musobaqa zallari eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Oshxonalarda ham har bir mintaqaga xoc bo'lgan taomlar tayyorlanadi.

Ekskursiya davomida shaharda ochilgan yangi muzey barchaning etiborini tortdi. Xay-tek yo'nalishida qurilgan maskan qitamizdagi Olimpiya harakati tarixiga bag'ishlangan. Ahamiyatlisi, bu mazkur yo'nalishda ochilgan birinchi muzey hisoblanadi.

O'zbekiston MOQ xodimlarining Xitoydagi xizmat safari davom etadi. Hamkasblarimiz yana bir necha kun davomida sport inshootlarini qurish va musobaqalar tashkil etish bo'yicha ushbu mamlakat tajribasini o'rganishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing