30 iyu 19:07
Yangiliklar
Tennis
16 yoshli Mirra Andreeva "Uimbldon" asosiy to'riga chiqdi
Dunyoning 102-raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Rossiyalik 16 yoshli iqtidor egasi saralash turnirining final uchrashuvida WTA reytingida 120-pog'onada borayotgan germaniyalik Tamara Korpachdan 7/5, 5/7, 6/2 hisobida ustun keldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu besh daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 3 ta eys, 8 ta breykni amalga oshirib, 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Mirraning asosiy to'r ilk davrasidagi raqibasi keyinroq aniq bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar