03 sen 12:25
Yangiliklar

43 yoshli Luis Ortis Endi Ruiz bilan jang haqida gapirdi
«Bu jangni hamma ko'rishni xohlagan. Ikki og'ir vaznli jangchilar to'qnashuvga tayyor. Men Lotin Amerikasidagi eng yaxshi og'ir vaznli ekanligimni isbotlamoqchiman. Har bir jang ahamiyatli, ammo bu mening faoliyatim uchun muhim. Yakshanba kuni kim g'alaba qozonsa, u og'ir vazn toifasida chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Endi birinchi maqsad Endi Ruizni mag'lub etish. SHundan so'ng istalgan vaqtda jahon chempionligi uchun navbatdagi chorlovni qabul qilishga tayyorman. Men har doim sport zalidaman, mashq qilaman va har doim tayyorman. Yoshimni mazax qiladiganlarga etibor bermayman. Hozir o'zimni 35 va 25 yoshimdagidan yaxshiroq his qilyapman, lekin jahon chempioni bo'lganimda o'zimni yanada yaxshi his qilaman. Men bu maqsadimga erishmagunimcha to'xtamayman», - dedi Ortiz.
Fikrlar