20 may 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

47 yoshli Firat Arslan chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Firat Arslan 47 yoshida yana chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Arslan Turkiyaning Trabzon shahrida o'tkazilgan boks kechasida ganalik Ayzek Paa Kvesi Ankrani mag'lub etdi.
Firat jangning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi va birinchi og'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolgan qitalararo WBO Inter-Continental chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Firat Arslan shu vaznda eng yoshi katta jahon chempioniga aylanmoqchi.
Havola :
Fikrlar