15 avg 14:53
Yangiliklar
Abbosxon mag'lubiyatiga izoh berdi
«Meni qo'llab quvvatlab turganlarning barchasidan minnatdorman. “Lift promotions”ga ham minnatdorchilik bildiraman . Musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda yordam bergan ustozlarimga rahmat aytaman. Bekzodni fikrlarini eshitdim, ulardan ham minnatdorman. Raqibim SHohruh kuchli bokschi, terma jamoa azosi. Xalqaro turnirlar g'olibi. U bilan yaxshi jang o'tkazdik. Jangdagi xatolar ustida ishlaymiz. Keyingi jangga yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz.
Bizga ozgina vaqt kamlik qildi. Agar raundlar ko'proq bo'lganida, g'alaba biz tomonda bo'lardi. Keyingi janglarda yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilaman. “Lift promotions”ning rahbaridan iltimos qilib qolardim: oktyabr oyidagi turnirda menga olti raundlik emas, balki sakkiz raundlik jang tashkil etib berishlarini so'rab qolardim»,-deb fikr bildirgan Abbosxon.
Fikrlar