12 noy 07:22
Yangiliklar
Tadbirlar
Abdulla Oripov haykali poyida ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi
Aholi orasida ommaviy sportni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biridir.
Erta tongdan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi maktab xiyobonida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov ishtirokida shahar aholisi, tashkilot va korxonalar xodimlari hamda sport talim muassasalari xodimlari va tarbiyalanuvchilari «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam», velosayr hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarida ommaviy tarzda ishtirok etildi.
Bu kabi ommaviy tadbirlar birgina shahar hududida emas balki, viloyatning barcha tumanlarida tizimli ravishda o'tkazilib borilmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar