03 noy 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalakov : Bu boks - zo'rdan zo'r chiqadi
O'zbekiston terma jamoasi azosi Abdumalik Xalakov O'zbekiston chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Xalakov ilk jangidan so'ng o'z fikrini bildirdi.
«Vaznimdagi har bir bokschini o'zimga asosiy raqib deb bilaman. Raqiblarni mensimay munosabatda bo'lmaslik kerak.O'zbekiston chempionati Jahon chempionati kabi o'tadi. Bu erda engil jangning o'zi yo'q. Mamlakat chempionatiga kuchsiz bokschi kelmaydi. Xudo xohlasa eng yaxshi bokschiga beriladigan “Rufat Risqiev kubogi“ni o'zimda saqlab qolishga harakat qilaman. Agarda kubokni ololmasam ham shukur qilaman va ishlashda davom etaman. CHempionatda hamma kubokka davogar, hammani eng yaxshi bo'lishga darajasi teng deb hisoblayman. Bu boks zo'rdan zo'r chiqadi. Oldindan hech nima deb bo'lmaydi»
Xurshida Abdikulova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar