31 okt 23:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalakov jangdan so'ng nimalar dedi?
Jangdan so'ng bokschimiz jang haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kayfiyatlar juda ham alo. Har bir jang orqali o'zim uchun sinov deb bilaman. Jahon chempionatiga jiddiy tayyorlandim. Tayyorgarligimda murabbiyim va otamning o'rni katta. Butun O'zbekiston xalqi qo'llab turibdi.
Bugun SHahobiddin Zoirovning jangidagi hakamlikni ko'rdingiz. SHu sababli ham maksimal darajada hakamlarga ish qoldirmaslikka harakat qildim. Xudo xohlasa rossiyalik bokschi bilan ringga chiqaman.
Avval ham u bilan to'qnash kelganmiz va g'alaba qozonganman. Uni o'rganamiz, shunga qarab taktika qo'llaymiz. Nasib qilsa, keyingi bosqichlarda yanada yorqinroq janglar o'tkazishga harakat qilaman",-dedi Xalakov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar