25 dek 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdumalik Xalokov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi
Jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Abdumalik Xalokov navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi.
- Prof boksda qachon jang qilasiz?
- Professional boksda emas, IBA'ning "CHempionlar oqshomi" musobaqasida ringga ko'tarilaman. Jang fevral kuniga mo'ljal qilinmoqda. Hozircha raqib aniq emas, yanvar oyida malum bo'ladi.
Tayyorgarlik har doimgidek davom etmoqda. To'xtash yo'q, chunki to'xtagan odam yiqiladi. Endi Parij Olimpiadasiga qadar dam olish yo'q", - dedi Abdumalik Xalokov.
Eslatib o'tamiz, Abdumalik Xalokov 2023 yil yakuniga ko'ra O'zbekistonning eng yaxshi erkak sportchisi sifatida etirof etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar