So’nggi yangiliklar

12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0

27 dek 08:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Xalokov Olimpiadagacha bo'lgan rejalari bilan o'rtoqlashdi

Teglar :  Abdumalik Xalokov
O'zbekistonda 2023 yilning eng yaxshi sportchisi, boks bo'yicha jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Abdumalik Xalokov kichik intervyu berdi.

– Ortda qolayotgan yil nimasi bilan yodda qolmoqda?

– 2023 yil men uchun juda ham omadli o'tdi. Toshkentda o'tgan jahon chempionati, Osiyo o'yinlarida oldimga qo'ygan maqsadlarimni bajara oldim. Ushbu natijalarim evaziga “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildim. SHubhasiz, bunday sermahsullikdan keyin yilni omadli keldi, deyish mumkin.

– 2018 yil “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” deb tan olingan edingiz. O'shanda hali kattalar o'rtasida ham eng yaxshi bo'laman, degan maqsadni oldingizga qo'ygan bo'lsangiz kerak. Amalda bunga 5-yil vaqt ketdi. Endi reja qanday?

– Bularning barini murabbiylarim bilan qilayotgan mehnatlarimizning samarasi deb bilaman. Bu natijalar to'g'ri yo'ldan ketayotganimizni ko'rsatmoqda. Davlatimiz tomonidan biz uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgan ekan, bundan unumli foydalanishimiz kerak. Menimcha, shunday bo'lmoqda. Kuni kecha qo'lga kiritgan yutug'im endi butun boks olamida ham eng yaxshi bo'lishga motivaciya berdi. Albatta, buning uchun yanada ko'proq mehnat qilishimiz talab etiladi.

– Kirib kelayotgan yangi 2024 yildan nimalar kutyapsiz?

– 2023 yildan ham muvaffaqiyatli o'tishini. SHubhasiz, yangi Olimpiada yilida asosiy etibor Parij-2024 ga qaratiladi. Murabbiylar shtabi bilan rejamizga ko'ra, 4-yillikning eng nufuzli musobaqasigacha 1-2 ta turnirda qatnashib ko'raman. Yil davomida bor etiborimiz, fikrimiz faqat Olimpiada oltin medali va bu yo'lda tinimsiz mehnat qilish bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing