13 jan 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Abu-Dabi. Arina Sobolenko mavsumdagi ilk turnir g'olibi
BAAning Abu-Dabi shahrida mavsumdagi ilk WTA musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi bahsda sayyoramizning to'qqizinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 5 daqiqa davom etgan bahsda Arina raqibini 6:2, 6:2 hisoblarida taslim etdi va mavsumni g'alaba bilan boshlandi.
Arina Abu Dhabi Tennis Open musobaqasidagi g'alabasi orqali 470 reyting ochko va 68,500 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar