22 sen 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Abubakar Nurmagomedov ham UFC 280 turnirida oktagonga ko'tariladi + POSTER
22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida yulduzli kardga ega UFC 280 turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu oqshom doirasida rossiyalik aralash yakkakurash ustalari ham oktagonga ko'tariladigan bo'ldi. Gap Abubakar Nurmagomedov va Gadji Omargadjiev haqida ketmoqda. Bu haqida liga matbuot xizmati xabar berdi. Bu ikki jangchi o'rtasidagi jang o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Abubakar Nurmagomedov Xabib Nurmagomedovning jiyani hisoblanadi. Uning hisobida 16 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durang bor. Aslida Abubakar iyul oyida AQSHda jang o'tkazishi kerak edi. Ammo viza bilan bog'liq muammo sabab uning UFC turniridagi jangi amalga oshmay qolgandi.
Omargadjievga kelsak, u 13 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Gadji so'nggi jangida Kayo Borraloga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar