So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

22 iyu 14:51
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Alamli mag'lubiyatlar. Tennis qiroli Rojer Federerning "Ulkan toj" finallaridagi eng alamli 5 ta mag'lubiyati

Teglar :  FedererTennis
Yaqinda yakuniga etgan "Uimbldon" musobaqasining final uchrashuvida Rojer Federer Novak Jokovichga besh setlik bahsda alamli tarzda mag'lub bo'ldi.

SHu boisdan, Rojerning "Katta dubulg'a" turnirlarining finalidagi eng alamli mag'lubiyatlarini eslatib o'tamiz.

"Rolan Garros-2008". Rafael Nadal – Rojer Federer – 6:1, 6:3, 6:0.

Parijda uch marta ketma-ket finalda uchralgan mag'lubiyat Federer uchun juda og'irli bo'lgan. Lekin Rojer “Rolan Garros”dagi eng alamli mag'lubiyatini 2008 yildagi turnirning finalida qabul qilib olgan. O'sha bahsda Rojer huddi bolakaydek o'yin ko'rsatgan. Uchrashuv ikki soatga bormay yakunlangan. Eng yomoni shveycariyalik tennis qiroli XXI asrdagi dastlabki nollik setini qabul qilgan.



"Uimbldon-2008". Rafael Nadal – Rojer Federer – 6:4, 6:4, 6:7 (5:7), 6:7 (8:10), 9:7.

“Rolan Garros”dagi alamli mag'lubiyatdan ikki oy o'tib tennis qirollari “Uimbldon” musobaqasining finalida yana bir bor to'qnash kelishdi. Bu bahs Londondagi “Ulkan toj” musobaqasidagi eng shiddatli final bahsi sifatida tarixga kirgan. Bahsda Federer raqibiga qattiq qarshilik qilishga qaramay, yana bir bor Nadaldan mag'lubiyat qabul qilib oldi. SHu tariqa, Rojerning "Uimbldon"dagi besh yillik g'alabali seriyasi yakunlangan.



"Australian Open-2009". Rafael Nadal – Rojer Federer – 7:5, 3:6, 7:6 (7:3), 3:6, 6:2.

Federerning faoliyatidagi uchinchi alamli mag'lubiyatini yana bir bor grunt qiroli Rafael Nadaldan qabul qilib oldi. Rafa hard qoplamali turnirlarda u qadar muvaffaqiyatli ishtirok etmagan. Lekin, 2009 yilgi "Australian Open” bahslarida barchani lol qoldirishni uddaladi. Ko'pchilik finalda Rojer raqibini qiyinchiliksiz mag'lub etadi deb o'ylagandi. Sababi, Rafael hardda yaxshi o'ynolmaydi, bundan tashqari bir kun ilgari Verdaskoga qarshi yarim final uchrashuvida besh soat davom etgan besh setlik uchrashuv o'tkazgandi. Lekin, finalda Rafael Rojerga nisbatan tetikroq o'yin ko'rsatib g'alaba qozondi. SHu tariqa, shveycariyalik tennischi bir yil davomida uchinchi marta “Ulkan toj” musobaqasining finalida Nadaldan mag'lubiyatni qabul qilib oldi.



"US Open-2009". Xuan-Martin del Potro – Rojer Federer – 3:6, 7:6 (7:5), 4:6, 7:6 (7:4), 6:2.

Bir nechta omadsiz finallardan so'ng Federerga omad kulib boqishni boshladi. 2009 yilda faoliyatidagi birinchi hamda yagona “Rolan Garros” turnirida zafar quchdi. Bu g'alabadan so'ng, bir oy o'tib “Uimbldon”da yutish bo'yicha afsonaviy Pit Samprasning rekordini yaxshiladi. Rojer AQSHdagi “Ulkan toj” finalida argentinalik Xuan-Martin del Potroga qashi bahs olib bordi. Federer hal qiluvchi to'rtinchi setda ikkita match pointdan foydalana olmadi, beshinchi setda esa del Potro shunchaki raqibini yakson qilib tashladi.


"Uimbldon-2019". Novak Jokovich – Rojer Federer – 7:6, 1:6, 7:6, 4:6, 12:12 (7:3)

Bir necha kun oldin o'tkazilgan "Uimbldon" finalida Rojer g'alabaga juda yaqin kelgandi. Orada u matchbolga ham ega bo'lgandi. Afsuski, qahramonimiz 40:15 ko'rinishidagi matchbolni g'alabaga aylantira olmadi va yakunda Jokovich g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. 


Horijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing