14 iyu 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra navbatdagi jangini qachon o'tkazishini malum qildi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra og'ir vazndagi navbatdagi jangini noyabr oyida Nyu-York shahrida o'tadigan raqamli turnirda o'tkazish niyatida ekanini malum qildi.
"Noyabr oktagonga qaytish uchun juda yaxshi vaqt. Jang Nyu-Yorkda bo'ladi. U erda jang qilganimga ancha vaqt bo'ldi. UFC'dagi debyutim ham aynan o'sha erda o'tgan. Keyin ham bir necha bor u erda jang qilib, jami uchta g'alabaga erishganman. Menga u erda jang qilish yoqadi, buni doim aytib kelganman. Uyimga ham yaqin — mashinada bir yarim soatlik masofa. SHuning uchun charchoq ham, vaqt zonalari bilan bog'liq muammolar ham bo'lmaydi. Bu har doim yaxshi. Ha, men hali ham og'ir vaznda jang qilishda davom etaman. SHaroitdan kelib chiqib, doimiy ravishda oktagonga chiqishni xohlayman", — dedi Pereyra AgFight portaliga.
Havola :
Manba : AgFight
Fikrlar