03 sen 12:23
Yangiliklar
Futbol
Alen Xalilovichning yangi jamoasi malum bo'ldi
"Milan" yarim himoyachisi Alen Xalilovich faoliyatini "Xerenven"da davom ettiradi.
Gollandiya klubi 23 yoshli xavbekni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Standart"da o'tkazgan edi. U Belgiya chempionati doirasida 13ta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Xalilovich faoliyati davomida "Milan" va "Standart"dan tashqari "Dinamo" (Zagreb), "Barselona", "Sporting" (Xixon), "Gamburg" va "Las-Palmas klublarida o'ynagan.
Havola :
Fikrlar